Bilimingizni natijaga aylantiring.

Milliy sertifikat va DTMga tayyorlov. Testdan keyin qayerda adashganingizni, nega adashganingizni va keyingi mashqni bir joyda ko'rasiz.

Matematika · Chiziqli tenglamalar Namuna

Xato

2x + 5 = 17 bo'lsa, x nechaga teng?

  • 11 Sizning javobingiz
  • 6 To'g'ri javob

Nega?

5 ni qo'shib yubordingiz. Uni o'ng tomonga ayirib o'tkazing: 2x = 17 − 5 = 12, demak x = 6.

Keyingi mashq

Chiziqli tenglamalar Shu xato ustida qisqa mashq

Tayyorlov tartibi

Fan tanlashdan xatoni tuzatishgacha

Iluro fan tanlashdan natijani ko'rishgacha bo'lgan tayyorgarlikni bir joyda olib boradi.
01

Fan tanlang

Kerakli yo'nalishni tanlab, shu fan bo'yicha darhol boshlang.

02

Tayanchni ko'ring

Formula, qoida, atama yoki o'qish matnini ko'rib chiqing.

03

Mashq yoki test ishlang

Nazariyani darrov amalda sinab ko'ring va ritmni ushlab boring.

04

Xatoni biling

Qaysi savolda adashganingiz va nimani qayta ishlash kerakligi ko'rinadi.

05

Progressni kuzating

XP, daraja va keyingi bosqich aniq bo'lib turadi.

06

Keyingi qadamga o'ting

Platforma sizni navbatdagi mashq to'plami yoki mavzuga olib boradi.

Iluro endi boshlanmoqda. Siz birinchilardansiz.

Hozir tarix, matematika hamda ona tili va adabiyot bo'yicha tayyorlov ochiq. Platformani birinchi o'quvchilar bilan birga quryapmiz: har bir taklif va topilgan xato keyingi yangilanishga kiradi.

Asoschiga yozish

Platforma

Bitta joyda kurs, mashq va natija

Kundalik tayyorgarlik uchun kerakli fanlar va mashqlar bir joyda.
Tarix

Sanalarni yodlab, voqealar bog'lanishini ko'rib, test natijasini yaxshilang.

Xronologiya Tarixiy atamalar Davr bo'yicha testlar Matn bilan ishlash
Matematika

Formula, misol va qayta mashq orqali natijangizni yaxshilang.

Formulalar Misol va masalalar Xatolar bo'limi Bosqichma-bosqich mashq
Ona tili va adabiyot

Grammatika, matn tahlili va insho bilan til tayyorlovini tartibga soling.

Grammatika Matn tahlili Insho Til testlari

Tariflar

Avval bepul sinang, keyin tarif tanlang

Ro'yxatdan o'tganingizda 72 soatlik sinov o'zi boshlanadi. Karta kerak emas.
Boshlash uchun Bepul sinov

Ro'yxatdan o'tganingizda o'zi boshlanadi.

0 so'm

72 soat · karta kerak emas

  • 1 ta fan
  • Kuniga 5 ta test yoki mashq
  • Haftasiga 2 ta insho tekshiruvi
Bepul boshlash
Iluro Pro · 1 oy

Barcha fanlar bo'yicha to'liq tayyorlov.

39 000 so'm

30 kun uchun · bir martalik to'lov

  • Barcha fanlarga kirish
  • Test va mashqlar cheklovsiz
  • To'liq o'quv materiallari
  • Sinov imtihonlari
  • Shaxsiy rivojlanish tavsiyalari
Rejani tanlash

Pul hech qachon avtomatik yechilmaydi. Muddat tugagach, keyingi tarifni o'zingiz tanlaysiz.

Savollar

Ko'p beriladigan savollar

Iluro nimasi bilan oddiy test saytdan farq qiladi?

Bu yerda test, mashq, grammatika, matn bilan ishlash, insho va natijalar bir tizimga yig'ilgan. Faqat savol yechish emas, keyingi qadam ham ko'rinadi.

Avval bepul sinab ko'rsa bo'ladimi?

Ha. Ro'yxatdan o'tganingizda 72 soatlik bepul sinov o'zi boshlanadi, karta so'ralmaydi. Sinovda bitta fan, kuniga 5 ta test yoki mashq va haftasiga 2 ta insho tekshiruvi bor.

Pul avtomatik yechiladimi?

Yo'q. Iluro karta so'ramaydi va pulni o'zi yechmaydi. Sinov tugagach yangi test va mashqlar to'xtaydi, lekin profilingiz va natijalaringiz saqlanadi. Davom etish uchun 1 oylik yoki 3 oylik tarifni o'zingiz tanlaysiz. Tarif muddati tugagach ham obuna o'zi yangilanmaydi.

Natijam qanday ko'rinadi?

Har bir mashq va testdan keyin natija darrov chiqadi. XP, daraja va keyingi bosqich ham ko'rinib turadi.

Hozir qaysi fanlar ishlayapti?

Hozir tarix, matematika hamda ona tili va adabiyot bo'yicha tayyorlov mavjud.

Keyinroq nimalar qo'shiladi?

SAT, nemis va koreys tillari, hamda online darslar bosqichma-bosqich ochiladi.

Loyiha asoschisiga murojaat

Savol, taklif yoki muammoingizni to'g'ridan-to'g'ri menga yozing

Iluroni men va jamoam siz uchun qurmoqdamiz. Har bir taklif — yangi imkoniyat, har bir muammo — keyingi tuzatish. Telegram yoki Instagram orqali fikrlaringizni hech qanday filtrsiz menga yetkazing.

Bugun boshlang, ertaga natijangizni ko'ring.

Iluro testdan keyingi mashqqacha tayyorgarlikni tartibga soladi.

Bepul boshlash